"Real" etakchisi qachon safga qaytishi ma’lum

  • 18.10.2022 18:27
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionatining navbatdagi turidagi “Elche”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, biroq shu hafta oxirida “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadigan “Sevilya”ga qarshi o‘yingacha maydonga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua jarohati tufayli bir nechta o‘yinlarni, jumladan, "Barselona"ga qarshi "el-klasiko"ni ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi. 

Kecha Kurtua o‘tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topilib, Lev Yashin sovrinini qo‘lga kiritdi. "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda belgiyalik ettinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!