“Real” futbolchilari Mbappe haqida gapirishi taqiqlandi

  • 12 yanvar, 2024, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi mumkinligi futbol olamida eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘layotgan mavzulardan hisoblanadi.

Tecno

Footmercato nashrining yozishicha, “Real” futbolchilari mashhur hujumchining transferi bo‘yicha fikr bildira olmaydi.

Klubda bu borada norasmiy qoida amal qilyapti. Unga ko‘ra, “realchi”larga Kilian Mbappe transferi bo‘yicha o‘z qarashlarini muhokama qilish taqiqlangan.

Shunga qaramay, ayrim o‘yinchilar frantsiyalik forvardning Madridga kelishiga ishonmayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Mbappe 2017 yildan beri PSJ safida to‘p tepyapti. Iyun oyida uning shartnomasi tugaydi.  Kilian tez orada kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
13/01/2024 12:52
Бугун Узбекистан ютади хисоб 3-1 га