"Real" futbolchilari qachondan mashg‘ulotlarga qaytishi ma’lum qilindi
«Real» klubi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytadi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "qirollik klubi" 4 maydan mashg‘ulotlarni boshlaydi. Ayni paytda klub ishchilari ishlamoqda. Demak, futbolchilar may oyining boshlarida shug‘ullanish mumkin.
Zinedin Zidan shogirdlari bu mavsum La Ligada 27-turdan so‘ng 56 ochko jamg‘argan holda "Barselona"dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda. Kataloniyaliklar 58 ochkoga ega.

Fikrlar