"Real" futbolchisi APLga ko'chib o'tishi mumkin
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
Angliyaning "Aston Villa" klubi "Real" havbegi Dani Sebalyosni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Birmingem klubi "Atletiko" futbolchisi Konor Gallaharga da’vogarlik qilgandi, biroq futbolchi "Tottenxem"da o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. Shu sababdan klub "qaymoqranglilar" safida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan ispaniyalik futbolchini nishonga oldi. "Transfermarkt" portali futbolchini 8 million yevroga baholagan. Futbolchining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, havbek joriy mavsumda umumiy 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar