"Real" futbolchisida koronavirus borligi gumon qilindi
Kecha "Real" Madrid klubi vingeri Vinisius Juniorning koronavirusga qarshi topshirgan tahlillari normal chiqmadi.
Shu bois, braziliyalik futbolchining bugun "Alaves"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda. Ammo, Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Vinisius allaqachon Covid-19 ga qarshi test topshirgan va ushbu test manfiy chiqqan.
Vinisius joriy mavsum “Real” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar