"Real" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold APLga qaytishi mumkin

  • 26.01.2026 19:38
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Angliya Premier-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Angliyaning "Manchester Siti" klubi Madridning "Real" klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Arnold jarohatlar sabab jamoaning asosiy tarkibidan joy topa olmayapti. Bu holat esa "qirollik klubi"ni g‘azablantirmoqda. Futbolchining vakillari "shaharliklar" bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lmoqda. Trent o‘tgan yozda  10 million yevro evaziga "Liverpul"dan “Real”ga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2031 yilga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali inglizni 70 million yevroga baholamoqda. 

Ma’lumot uchun, 27 yoshli fulbek joriy mavsumda umumiy o‘n bitta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!