“Real” himoyani “betonlaydigan” o‘yinchini oladi

  • 19 sentabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozgi transferlar davrida Kilian Mbappe va Endrikni o‘z tarkibiga qo‘shib olib, hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirdi.

Tecno

Shunga qaramay, Karlo Anchelotti tarkib tanlashda qiyinchiliklarga duch kelyapti. Markaziy himoyachi Nacho Fernandesning ketishi, David Alabaning og‘ir jarohati va ayrim himoyachilarning safdan chiqayotgani orqa chiziqni kuchaytirish talabini qo‘ymoqda.

Ispan manbalarining yozishicha, madridliklar La Liganing o‘zidan himoya chizig‘ini mustahkamlay oladigan o‘yinchi topdi. Yozda “Qirollik klubi” rahbariyati 20 yoshli Kristian Moskerani transfer qilishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Iqtidorli himoyachi “Valensiya”ga tegishli. Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, madridliklar bu futbolchini 30 million evro evaziga Madridga ko‘chirib kelish imkoniga ega.

Moskera “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan yili yozda asosiy tarkibga qabul qilindi. Shundan keyin uning transfer summasi o‘ttiz karra oshgani qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998943942472
19/09/2024 19:10
Мен Хусановмикан дебман.