“Real” hisob-kitob qilib, Mbappe olishdan qo‘rqib ketdi

  • 9 iyul, 2023, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va Kilian Mbappe o‘rtasidagi ziddiyat tobora keskinlashib bormoqda. 24 yoshli futbolchi yana bir yil PSJda o‘ynab, keyin “Real”ga o‘tmoqchi.

Tecno

Parij klubi rahbariyati uning 2025 yil yozgacha qolishini va shartnoma imzolashini talab qilyapti. Agar futbolchi bunga ko‘nmasa, shu yozda sotib yuboriladi.

Vaziyatni kuzatib borayotgan “Real” mutasaddilari bu transferning qanchaga tushishini hisob-kitob qildi. Marca nashrining yozishicha, Mbappeni qo‘lga kiritish xarajatlari “Real”ga 400 million evroga tushadi.

Madridliklar katta miqdordagi sarfga tayyor emas. Hozircha, “Real” bu vaziyatni shunchaki kuzatib turish bilan cheklanadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!