“Real” hujumchisiga jiddiy xaridor chiqdi

  • 13 may, 2022, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati vakili “Lion” yozgi transferlar vaqtida “Real” hujumchisi Mariano Diasni transfer qilishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar ham deyarli foydasi tegmayotgan dominikanlik o‘yinchi bilan xayrlashishga qarshi emas.

“Qirollik klubi” Diasni 6-7 million evroga qo‘yib yuborishi kutilmoqda.

28 yoshli hujumchi joriy mavsumda atigi o‘nta uchrashuvda ko‘rinish berdi va bor-yo‘g‘i bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Mariano Dias “Lion”ga begona emas. Bu o‘yinchi 2017-2018 yillar davomida frantsuzlar safida ijarada o‘ynagan. Uning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Madridliklar asosiy tarkibga kira olmayotgan o‘yinchiga yangi bitim bermaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!