
"Real" Ispaniya superkubogi sohibi!
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Ispaniya superkubogining finalida Madridning ikki klubi, "Real" hamda "Atletiko" o‘zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va qo‘shimcha bo‘limlarda ham darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi. Uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida "qaymoqranglilar" Simeone shogirdlarini taslim etishni uddasidan chiqib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritishdi.
"Real Madrid" – "Atletiko" 0:0 (pen. seriyasi 4:1)
Penaltilar seriyasi:
"Real": Karvaxal (Aniq), Rodrigo (Aniq), Modrich (Aniq), Ramos (Aniq),
"Atletiko": Saul (Noaniq), Tomas (Noaniq), Trippe (Aniq).
"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Isko (Rodrigo, 60), Kroos (Vinisius Junior, 103), Kazemiro, Valverde, Modrich, Yovich (Mariano Dias, 83).
"Atletiko" – Oblak, Ximenes (Savich, 98), Tripper, Felipe, Lodi (Lorente, 89), Errera (Vitolo, 56), Saul, Korrea, Tomas, Joau Feliks (Aryas, 101), Morata.
Ogohlantirishlar: Felipe (27), Tomas (74), Mendi (90), Modrich (90), Valverde (111), Korrea (115), Karvaxal (115), Savich (115).
Chetlatish: Valverde (115).
Fikrlar