
"Real" ketma-ket 4 yildan buyon birinchilikni hech kimga bermayapti. Gap nima haqda?
KPMG kompaniyasi eng qimmat Evropa klublarining yangilangan reytingini taqdim etdi. “Real” ushbu ro‘yxatda ketma-ket 4-yil peshqadam bo‘lib turibdi. “Qirollik klubi”ning ayni damdagi narxi 3 milliard 184 million evroni tashkil etadi.
Quyida ro‘yxatning kuchli o‘nligiga kirgan jamoalar bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. "Real" – 3,184 milliard evro;
2. "Manchester Yunayted" – 2,883;
3. "Barselona" – 2,814;
4. "Bavariya" – 2,749;
5. "Liverpul" – 2,556;
6. "Manchester Siti" – 2,483;
7. "Chelsi" – 2,179;
8. PSJ – 2,132;
9. "Tottenxem" – 1,912;
10. "Yuventus" – 1,597.
Fikrlar