
"Real" Keyn bundan ortiq pul bermaydi!
Madridning "Real" klubi rahbariyati "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn uchun to‘lanishi mumkin bo‘lgan summaning eng yuqori chegarasini belgiladi.
COPE nashri jurnalisti Arancha Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, "qirollik klubi" angliyalik futbolchi uchun 100 million evrodan ortiq pul to‘lamaydi. Bu "qaymoqranglilar" rahbariyati to‘lashi mumkin bo‘lgan maksimal mablag‘dir.
O‘z navbatida Keyn ham "Real"ga o‘tish g‘oyasiga juda qiziqmoqda. U bu imkoniyatni noyob deb hisoblaydi va ispan klubining taklifini ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq Xarri Keyn "Tottenxem"dagi sheriklariga "Real"ga o‘tish qarorini aytgani haqida xabar tarqalgandi.
Fikrlar