
"Real" La Liganing oxirgi 2 turidagi 5 golning 4 tasini penaltidan o‘tkazib yubordi
"Real" La Liga 10-turida "Vilyarreal" bilan (1:1) durang o‘ynadi. Safarda harakat qilgan Zinedin Zidan shogirdlari g‘alabani boy berdi.
"Vilyarreal"ning yagona gol penaltidan urildi. Uchrashuv bosh hakami Alexandro Ernandes darvozabon Tibo Kurtua hujumchi Semu Chukvuezega nisbatan qo‘pollik ishlatdi, deb topdi.
Shu tariqa, "Qirollik klubi" oxirgi 2 bahsdagi 4 golni penaltidan o‘tkazib yubordi. Avvalgi uchrashuvda "Valensiya" vakili Karlos Soler madridliklar darvozasini uch bor 11 metrli nuqtadan ishg‘ol qilgandi.
Fikrlar