"Real" "Latsio" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 12 iyul, 2024, 10:37
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" ushbu yozda bitta himoyachi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Asosiy variantlar orasida Yoro Leni bor edi, lekin futbolchi bilan hali ham kelishib olinmagan. Bu esa klubning frantsuz o‘rniga alternativlarni izlashga majbur qilmoqda. 

Tecno

"Diario Sport" nashri xabar berishicha, "qaymoqranglilar" "Latsio" a’zosi Mario Xilaga qiziqish bildiryapti, lekin hali bu transferga faol harakatlar yo‘q. 

Gila o‘z navbatida "Kastilya"da tahsil olgan bo‘lib, 2022 yilda Italiyaga yo‘l olgan. Mazkur xarid uchun o‘shanda "Latsio" 6 million evro sarflagandi.

Real Madrid and Lazio finalizing transfer of Mario Gila -report - Managing  Madrid

Keyingi paytlarda Mario klubning asosiy himoyachilaridan biriga aylanib olmoqda. Yakuniga etgan mavsumning ikkinchi qismida 23 yoshli ispan jamoasi tarkibida deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi. 

Eslatib o‘tamiz, Xilaning ayni paytdagi transfer narxi 13 million evroni tashkil qiladi. Uning Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!