Husanovga “Siti”dan xushxabar!

  • 03.09.2025 19:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” Evropa qit’asining eng nufuzli xalqaro musobaqasi –  Chempionlar Ligasining 2025-2026 yilgi mavsumi uchun 25 nafar futbolchidan iborat qaydnomasini turnir bosh tashkilotchisi UEFAga taqdim etdi.

E’tiborli jihati, ro‘yxatdan yozgi transfer oynasida jamoaga qo‘shilgan Janluiji Donnarumma, Rayan Ait-Nuri, Markus Bettinelli, Rayan Sherki, Tijani Reynders va Jeyms Trafford kabi futbolchilar ham joy oldi.

Shuningdek, Xosep Gvardiola yangi mavsumda Chempionlar ligasida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga ishonch bildiradigan bo‘ldi.

“Manchester Siti”ning UEFA Chempionlar Ligasi uchun qaydnomasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Rayan Ait-Nuri

Natan Ake

Markus Bettinelli

Oskar Bobb

Rayan Sherki

Ruben Diash

Jeremi Doku

Janluiji Donnarumma

Fil Foden

Niko

Yoshko Gvardiol

Erling Xoland

Rodri

Abduqodir Husanov

Mateo Kovachich

Omar Marmush

Mateus Nunes

Shtefan Ortega

Teyani Reynders

Savio

Bernardu Silva

Jon Stouns

Jeyms Trafford

Riko Lyuis

Niko O’Rayli.

“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi yangi mavsumining umumiy guruh bosqichida “Borussiya Dortmund”, “Real Madrid”, “Bayer”, “Vilyarreal”, “Napoli”, “Budyo-Glimt”, “Galatasaroy” va “Monako” jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bahslarning 4 tasiga “Etihad” stadioni mezbonlik qilsa, qolgan to‘rttasi raqiblar maydonida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA o‘tgan  2024-2025 yilgi mavsumdan boshlab, Chempionlar Ligasini yangi formatda o‘tkazib kelmoqda. Endilikda turnirning umumiy guruh bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir klub guruh bosqichda sakkizta o‘yin o‘tkazadi. Umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra, eng yuqori 8 ta o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oladi. 9–24-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa pley-off yo‘llanmasi uchun qo‘shimcha ikkita o‘yin o‘tkazadi.

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov Evropa Chempionlar ligasida o‘ynash tajribasini to‘playotgan o‘yinchilardan hisoblanadi. 21 yoshli legionerimiz ushbu nufuzli musobaqada  Frantsiyaning “Lans” safida “Arsenal” va “Sevilya”ga qarshi to‘p tepgan bo‘lsa, “Manchester Siti” vakili sifatida “Santyago Bernabeu”da “Real” bilan bahsda ishtirok etgan.

“Real Madrid”, Husanovni kutib ol!

Husanov – “Siti”dagi hech kimda yo‘q uch sifatga ega yagona futbolchi!

Husanov haqida xunuk xabar. Abduqodir terma jamoaga kelmaydi

Husanovsiz himoya rasvo bo‘ladi!

Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?

Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?

“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?

Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!