"Real Madrid" hujumchisi "Liverpul"ga qarshi bellashuvdan avval jarohat oldi!

  • 03.11.2025 18:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" jamoasi vingeri Franko Mastantuono noma’lum muddatga safdan chiqdi.

"The Athletic" nashri jurnalisti Mario Kortegananing xabar berishicha, 18 yoshli argentinalik futbolchi son atrofida og‘riq his qilmoqda va shu sababli 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq.

Ma’lum bo‘lishicha, Mastantuono La Ligadagi "Valensiya"ga qarshi (4:0) bahsni kuchli og‘riq bilan yakunigacha o‘ynagan.

Futbolchining maydonga qaytish sanasi hozircha ma’lum emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!