"Real Madrid" "Liverpool"ning qimmatbaho yulduziga ko‘z tikdi

  • 09.06.2026 15:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa matbuoti tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx yaqin orada jamoasini almashtirishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi xizmatlariga "Real" jiddiy qiziqish bildirgan. Madrid klubi Gravenberxni tarkibni kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 80 million yevro atrofida baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Rayan Gravenberx "Liverpul" safida 50 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shu vaqt mobaynida u olti gol urdi va olti marta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!