
“Real”: Mbappe to‘g‘risidagi xabarlarga ishonmanglar!
Jahon matbuotida “Real” vakillari PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan muzokara olib borayotgani va frantsiyalik forvard yozda Madridga ko‘chib o‘tishi haqida juda ko‘p ma’lumotlar tarqatilmoqda.
“Qirollik klubi” bu xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
- Ommaviy axborot vositalarida klubimiz Kilian Mbappe bilan muzokara olib borayotgani haqida ma’lumotlar ko‘p tarqatilayotganini inobatga olib, shuni qat’iyat bilan ma’lum qilamizki, bularning bari yolg‘on xabarlardir, - deyilada “Real” matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.
Kilian Mbappening PSJ bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Parijliklar u bilan hamkorlikni uzaytirishga harakat qilmoqda. Biroq 24 yoshli futbolchi taklifni qabul qilgani yo‘q.
Angliyaning etakchi klublaridan “Liverpul” va “Chelsi” ham frantsiyalik to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Fikrlar