
“Real” Mbappe va boshqa o‘yinchilar raqamlarini e’lon qildi (foto)
Ispaniyaning amaldagi chempioni – “Real” ayrim o‘yinchilarning yangi mavsumdagi raqamlarini e’lon qildi.
Jamoaga qo‘shilishi kutilayotgan Kilian Mbappe kelasi mavsumda o‘z hamyurti Karim Benzemadan qolgan 9-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Eduardo Kamavinga ilgari o‘ynagan 12-raqamni o‘zgartirib, endi 6-raqamda maydonga tushadi.
Federiko Valverde faoliyatini yakunlagan Toni Kroosning 8-raqamini oldi. Orelen Tchuameni bu gal 14, Arda Gyuler 15 va Xesus Valexo 18-raqamni tanladi.
“Real” endi o‘z do‘konlari orqali o‘yinchilarning yangilangan raqamlari tushirilgan futbolkalarni sotuvga chiqaradi.
Fikrlar