
“Real” Mbappeni qachon olishi oshkor bo‘ldi
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappening kelajakda “Real”ga o‘tishi mumkinligi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan hsoblanadi.
O‘tgan yili yozda madridliklar iste’dodli hujumchini qo‘lga kiritishga juda yaqin kelgandi. Biroq, Parij klubi katta maosh evaziga Mbappeni Frantsiyada qolishga ko‘ndirdi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, “Real” endi Mbappeni transfer qilish bo‘yicha hech qanday ish olib bormaydi.
Faqatgina Mbappening o‘zi ommaviy tarzda PSJdan ketmoqchi ekanini e’lon qilsa, “Qirollik klubi” mutasaddilari 24 yoshli hujumchi bilan hamkorlik masalasini muhokama qilishi mumkin ekan.
Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. Futbolchi transfermarkt portali tomonidan 180 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar