
“Real” muxlislari uchun xushxabar
Taniqli insayder Fabritsio Romano hujumchi Vinisius Junior "Real" bilan yangi shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Tomonlar o‘tgan oy og‘zaki kelishuvga erishgan edi. Kecha bitim rasman yakunlandi va futbolchi “qirollik klubi” bilan yangi shartnoma imzoladi, deya xabar beradi Romano. Vinisiusning Madrid jamoasi bilan yangi kelishuvi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Klub rasmiy kelishuvni qachon e’lon qilishi borasida hali bir qarorga kelmagan, biroq shartnoma allaqachon yakunlangan.
Vinisius Junior 2018 yildan beri "Real" Madridning sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 21 yoshli braziliyalik forvard “qaymoqranglilar”ning barcha musobaqalar doirasidagi 52 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar