
“Real” muxlislari yana Garet Beylga qarshi chiqdi
Ispaniya nashrlari Madridning “Real” klubi muxlislari o‘rtasida yana bir qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnomada “Real”ning “Atletiko”ga qarshi EChL yarim finalida jarohatlangan Garet Beylning o‘rnida kim o‘ynashi kerakligi so‘raldi.
So‘rovnomada qatnashgan respondentlar Iskoni tanlagan. Yarim himoyachi uchun 60 foiz ishqibozlar ovoz berdi. Ikkinchi o‘rinda Marko Asensio (21 %) bo‘lsa, Lukas Vaskesga (6 %) muxlis ovoz bergan.
Qayd etish kerakki, uelslik futbolchi jarohatsiz bo‘lgan vaqtda ham madridliklar muxlislari uning o‘rniga Iskoni ko‘rishni istagan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” va “Atletiko” o‘rtasida dastlabki bahs 2 may kuni bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini 10 mayda o‘tkaziladi.
Fikrlar