“Real” muxlislarini tinchlantirib qo‘ydi

  • 26 iyul, 2024, 15:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi kunda dunyoning eng qudratli klubiga aylangan “Real”ning yulduz o‘yinchilari Saudiya Arabistonidan mo‘may daromadli takliflar olmoqda.

Saudiyaliklar anchadan beri madridliklarning asosiy himoyachisi Antoni Ryudigerni o‘zlariga og‘dirib olishga urinmoqda.

“Qirollik klubi” rahbariyati bu borada o‘z qarorini bildirib, “Real” muxlislarini ancha xotirjam qilib qo‘ydi.

Taniqli insayder Fabritsio Romano klub xo‘jayinlari germaniyalik futbolchining o‘yinidan to‘liq qoniqish qilayotgani, bosh murabbiy Karlo Anchelotti boshchiligidag murabbiylar shtabi uni olishtirib bo‘lmas o‘yinchi sifatida tan olishini ma’lum qildi.

Ryudigerning o‘zi ham faoliyatini “Real”da davom ettirish fikrida qat’iy turibdi va bir necha bor shayxlarning chorlovini qabul qilmadi.

31 yoshli himoyachi professional darajada Germaniya, Italiya, Angliya va Ispaniya chempionatlarida to‘p tepgan. “Real” uni 2022 yili “Chelsi” bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Antonio Ryudigerning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!