“Real” nega “Manchester Siti”ga yutqazdi? Gvardiola jamoasi EChL sovrini uchun asosiy nomzod?! – Davron Fayzievdan tahlil

  • 11 avgust, 2020, 17:21
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval, EChL nimchorak final javob bahsidan o‘rin olgan “Manchester Siti” – “Real” qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda mezbonlar mehmonlarni birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi 2:1 hisobida taslim etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida o‘yinga oid fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- “Real”ga faqat Serxio Ramos etishmadimi? Menimcha, unday emas. To‘g‘ri, Ramos bo‘lganda, balki o‘zining etakchilik xususiyatlari evaziga Varanga qaysidir joyda pozitsiyalarni to‘g‘ri tanlash, ba’zi hollarda oddiyroq o‘ynash, juda murakkablashtirmaslikni uqtirardi. Lekin u erda bitta narsa borki, Ramosning o‘rnida harakat qilgan Eder Militao ko‘p xato qilmadi. U normal darajada to‘p tepdi. Militao markaziy himoyachi sifatida Ramosning o‘rnini bosa oldi. Biroq jamoa etakchisi sifatida unday emas.

“Real”ga bu uchrashuvda ko‘p jihatlar etishmadi. Aniqrog‘i, “shaharliklar” xuddi birinchi bellashuvdagidek o‘yinga qo‘yilgan reja va tayyorgarlikni a’lo darajada o‘taganini ko‘rishimiz mumkin. Aynan “Real”ga moslashib, tayyorgarlik ko‘rdi. “Qirollik klubi”ni jarima maydonchasi ichidayoq pressing bilan kutib oldi. Buning evaziga bo‘shliqlar yo‘qoldi. Madridliklarning kombinatsion o‘yini yo‘qqa chiqarildi. Mezbonlar esa tezkorlik bilan harakat qildi va bir nechta individual futbolchilar mehmonlar himoyachilarini shoshirib qo‘ydi. Ulardan biri, albatta, Rahim Sterling, yana biri Gabriel Jezus va himoyadan hujumga qo‘shilib turgan Kayl Uoker. Odatda Kevin de Bryuyne jamoada ajralib turardi. Sanab o‘tganim uchta futbolchi de Bryuyne darajasiga yaqinlashib qolishdi, bu o‘yinda. Edersonning bir nechta seyvlari ham rol o‘ynadi. Bu erda faktorlar ko‘p. Har bitta pozitsiyada “Siti”ning yaxshi o‘ynagani kelib chiqaveradi.

Ba’zida shunday jarayon kuzatiladiki, butun o‘yin davomida bitta jamoa ustunlikka erishadi, ikkinchisi tasodifiy gol evaziga yutadi. “Manchester Siti”ning g‘alabasini bunday atamagan bo‘lardim.
Endi Varan masalasi. Rafael Varan dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri. Shu Varan bilan “Real” EChL finalini 4 marta yutdi. Har doim u “Qirollik klubi”ning asosiy himoyachisi vazifasini bajargan. Hech qachon “Real” Varansiz g‘alabalarga erishmagan, agar mana shu oxirgi yillarni oladigan bo‘lsak. Frantsiya terma jamoasi ham jahon chempionligini qo‘lga kiritganda, Varan asosiy tarkib himoyachisi edi. Shuning uchun ham bunday o‘yinchini bitta o‘yin tufayli yomon futbolchiga aylantirish, darajasini tushirib qo‘yish katta xato. Shunchaki uning kuni emas edi. Ha, Varan aybdor. Chunki kuchlar tengma-teng kelganda, bitta – ikkita xato hammasini hal qilib qo‘yishi mumkin. O‘sha xatolar Varan tomonidan sodir etildi. Ushbu bellashuvni u ham, jamoadoshlari ham unutishlari kerak. Uchrashuvdan so‘ng himoyachi intervyu berib, sheriklari va muxlislardan uzr so‘radi. O‘zi tushunib turibdi xato qilganini.

Ronalduning dubllari "Real"ga etishmadi, "Yuve"ga esa etmadi. Sarri bilan bu tarkib shunchaki uvol

Ee2XuPnXYAEpZL-

“Real”ning mavsumini ijobiy baholasa bo‘ladi. EChL bu bosqichida finalga teng o‘yinga to‘g‘ri kelib qoldi. Teng kuchli raqib bilan kurashda imkoniyatni boy berdi. Ya’ni aytmoqchimanki, “Siti” bilan finalda ham o‘ynashi mumkin edi.

“Manchester Siti” EChL kubogi uchun asosiy favoritga aylandi, bu aniq. Xosep Gvardiolaning sovrin uchun reja tuza olish xususiyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, jamoaning imkoniyatlari, tarkibi, formasi, biroz chanqoqligi (APL boy berildi) kabi faktorlar ularni keyingi bosqichda judayam kuchli raqibga aylantiradi, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
11/08/2020 17:33
Real yutqizmadi. Zidan yutqazdi. 5 ta uyinchi almashterish imkoniyati bor. lekin. 75minutdan keyin. almashterdi Azar Modrich sitiga qarshi tushmaydi. Rodrigo. ham. Azar urniga Venusis. Modrich urniga 2 taym. Falverdi. Rodrigoni urniga. Asensiyo. tashlash kerak edi. himoyadan tupni olib chiqib ketish. va raqibni hujimi maydon markaziga tuhtatish urtaga uynaydigan uyinchilarni yordomi kerak. hujimga ham huddi shu gap. Azarga tup tushsa orqa pass beradi. oldinga yugurmaydi. Venusis bulsa bitta 2 uyinchilarni aldap oldinga entilardi