«Real»ning yosh iste'dodi klubni tark etishi mumkin
Manbalarga ko‘ra, 19 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Xesus Fortea yaqin vaqtlarda klubni tark etishi mumkin.
Futbolchiga Italiya ning «Komo» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga qaraganda, Denzel Dyumfrisning kelishi yosh himoyachi uchun asosiy tarkib eshiklarini deyarli yopib qo‘ygan. Shu bois Fortea shartnomasidagi bir bandi alohida e’tibor qozonmoqda: agar u birinchi jamoaga ko‘tarilmasa, «Real»ni ijara asosida tark etish huquqiga ega.
Xesus Fortea «Kastilya» safida 23 o‘yin o‘tkazgan. Ushbu bahslarda himoyachi ikki golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar