"Real" Obameyang masalasida "Arsenal"ga rasmiy taklif yubordi

  • 13 aprel, 2020, 22:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" Madrid klubi "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyangni sotib olmoqchi. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga qaraganda, “qirollik klubi” 30 yoshli gabonlik futbolchining transferi masalasida “kanonirlar”ga rasmiy taklif yuborishgan. Agar, “Arsenal” mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, u holda Obameyangni sotib yuborishi mumkin.

Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!