
"Real" o‘rtoqlik uchrashuvida qiyinchiliksiz zafar quchdi. Rodrigo ham gol urdi
Xabi Alonso boshchiligidagi "Real Madrid" Avstriyada "Tirol"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Birinchi bo‘limning 11-daqiqasida Eder Militao Diasning pasini golga aylantirgan bo‘lsa, orada 2 daqiqa o‘tib, Kilian Mbappe o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Unga esa Arda Gyuler assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘limni ham hujumkor boshlagan madridliklar 3-golni ham kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Kilian Mbappe 59-daqiqada dublni rasmiylashtirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Rodrigo esa 81-daqiqada jamoasining ushbu uchrashuvdagi so‘nggi golini urdi.
Fikrlar