"Real" "ov"ni boshladi

  • 23.03.2023 20:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni  2024 yilda o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Erling "qaymoqranglilar"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. "Real" Mbappe kelish yoki kelmasligidan qat’i nazar, norvegiyalik forvard bilan shartnoma imzmolash niyatida. 

Madrid klubi rahbariyati asta-sekinlik bilan Xolandning atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatishni boshladi. Agar Erlingning 2024 yilda jamoasini o‘zgartirish xohishi jiddiy bo‘lsa, bu faktor "Real"ga "Siti" bilan muzokaralarda ancha qo‘l keladi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!