“Real” o‘yinchilari Anchelottidan nega norozi?

  • 2 mart, 2024, 19:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning bir necha futbolchilari bosh murabbiy Karlo Anchelottidan norozi bo‘lmoqa. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, bir guruh “realchilar” ularning o‘yin vaqti qisqarganidan va bosh murabbiy ularning klubdagi kelajagi bo‘yicha aniq fikr bildirmayotganidan norozi ekan.

Ular orasida Luka Modrich ham bor. “Oltin to‘p” sohibi joriy mavsum ko‘proq o‘ynashni rejalashtirgan edi. Biroq amalda bunday bo‘lib chiqmadi.

Shuningdek, Arda Gyuler, Nacho Fernandes, Nikolas Pas va Kepa Arrisabalaga ham o‘zlariga bosh murabbiy ko‘proq o‘yin amaliyoti berish kerak edi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Азимов Хасанбой
04/03/2024 14:15
Ичингдан ут чиксин... (хазил).