
“Real” Pogba bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
“Real” rahbariyati “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytdi.
Avvalroq, madridliklar frantsiyalik yulduzni mavsum oxirida erkin agentga aylanishi bois, tekinga qo‘lga kiritmoqchi jdi. Pogbaning o‘zi ham anchadan beri “Qirollik klubi”da to‘p tepishni orzu qilayotgani hech kimga sir emas.
Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, “Real” mutasaddilarini Pol Pogba talab qilayotgan maosh summasi va futbolchining agenti oladigan komissiya miqdori qoniqtirmagan.
Pol Pogba joriy mavsumda Angliya premer-ligasida to‘qqizta, Chempionlar ligasining guruh bosqichida to‘rtta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar