“Real” qarshisida ojiz qolgan o‘yindan keyin “Barsa” rahbarlari Xaviga qanday munosabat bildirdi?

  • 15 yanvar, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona” ashaddiy raqib sanalgan “Real”dan 1:4 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Bu mag‘lubiyatdan keyin ko‘pchilikni “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandesga nisbatan klub xo‘jayinlarining munosabati qanday ekani qiziqtiryapti. Vaziyatga sport direktori Deku oydinlik kiritdi.

- Xavi borasida berilayotgan savollar mantiqqa asoslanmagan. Xaviga klub rahbariyati to‘liq ishonadi. Bu mag‘lubiyat rejalarimizni o‘zgartirmaydi, - dedi Deku.

Xavi Ernandes “Barselona”ni 2021 yildan beri boshqarib kelmoqda. Ispaniyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.

Biroq, keyingi paytda Kataloniya superklubi rahbarlari Xavi o‘rniga boshqa mutaxassisni olib kelish uchun harakat boshlagani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!