"Real" Saneni nazariga ilmadi

  • 15 iyul, 2022, 13:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yarim himoyachisi Leroy Sane Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkin edi.

Tecno

Defensa Central xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchining agenti Damir Smolyan Madrid klubiga o‘z mijozining xizmatlarini taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.

Gap shundaki, "Real" ayni damda o‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchilarni sotishni maqsad qilgan va shundan keyingina yangi transferlar uchun ba’zi variantlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Sane o‘tgan mavsum myunxenliklar safida Bundesligada jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!