“Real”: Sen kelmasang, o‘rningga ettitasi bor!

  • 22 yanvar, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun anchadan beri “Liverpul” o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni kutib yuribdi.

Tecno

Madridliklar bu transferni imkon bo‘lsa, yanvar oyidayoq yopmoqchi edi. Lekin angliyalik futbolchi hali kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

“Real” himoyaga o‘yinchi olish masalasida tezkorlik qarorlar chiqarishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni paytda klub mutasaddilari hamkorlik taklifi beriladigan himoyachilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, ro‘yxatdan Benjamin Pavar, Pedro Porro, Denzel Damfris, Jeremi Frimpong, Andrey Ratiu, Xuanlu Sanches va Serj Ore kabi etti nafar himoyachi joy oldi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Pedro Porro, Denzel Damfris va Jeremi Frimpong kabi taniqli o‘yinchilarni olish oson bo‘lmaydi. Andrey Ratiu va Xuanlu Sanches kabi o‘yinchilar masalasini 10-15 million evroga hal qilsa bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!