
“Real” shartnomani uzaytirgan Karlo Anchelotti o‘rniga boshqa murabbiy topib qo‘ydi
“Real” rahbariyati yil oxirida jamoa bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan amaldagi shartnomani yana ikki yilga uzaytirgan edi.
64 yoshli italiyalik mutaxassis jamoani 2026 yilning yarmigacha boshqaradi.
TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari ikki yildan keyin jamoani qaysi mutaxassisga topshirish haqida bosh qotirmoqda. Asosiy nomzod sifatida Xavib Alonso e’tirof etilmoqda.
Xabi Alonso o‘z oldiga yaqin yillarda “Bayer” bilan sovrin yutish maqsadini qo‘ygan. Ispaniyalik mutaxassis shundan so‘ng “Real” taklifini qabul qilishi mumkindigi aytilmoqda.
Qolaversa, Alonsoning leverkuzenliklar bilan shartnomasi ham 2026 yilning 30 iyunigacha davom etadi.
Bu mutaxassisga Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” ham da’vogarlik qilmoqda. Myunxenliklar hozir jamoani boshqarayotgan Tomas Tuxel bilan hamkorlik yakuniga etganidan keyin bosh murabbiylikka aynan Xabi Alonsoni olib kelmoqchi.
Fikrlar