"Real" shved vunderkindini olib keladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
"Real" jamoasi AIK tarkibida porlay boshlagan 17 yoshli Aleksandr Isakni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi.
 
Ushbu futbolchi shved klubi tarkibida olti yildan buyon tarbiyalanmoqda. Shu yilning fevral oyida bosh jamoada debyutini o‘tkazgan Aleksandr Isak aprelda birinchi golini urgan edi. Keyinchalik uning ishonchli o‘yinini yuqori baholagan AIK klubi futbolchi bilan 2018 yilgacha birinchi professional shartnomani imzoladi.
 
"Real" ushbu futbolchini kelasi yili yozgi transferlar mavsumida qo‘lga kiritmoqchi. Shuningdek, futbolchiga "Chelsi" va PSJ ham og‘iz solgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!