“Real” va Anchelotti yana kelisholmay qoldi

  • 17 oktabr, 2024, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti va klub rahbariyati transferlar masalasida yana kelisha olmay qoldi. Madridliklar himoya chizig‘ida jiddiy muammolar kelib chiqmoqda.

Tecno

Yozda jamoani tark etgan Nacho Fernandes o‘rniga hech kim olinmadi. Dani Karvaxal uzoq muddatga safdan chiqdi. Eder Militao ham ko‘p shikastlanyapti.

Karlo Anchelotti himoya chizig‘idagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun boshqa pozitsiya vakillaridan foydalanishiga to‘g‘ri kelyapti.

Italiyalik mutaxassis klub rahbariyatidan qishki transferlar vaqtida yangi himoyachilar olib berishini talab  qilyapti. Mutasaddilar esa, katta transferlar yozda amalga oshirilishini uqtiryapti.

Vaziyatdan chiqish maqsadida “Real” yanvar oyida biror himoyachini to‘liq transfer qilmasdan, mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkinligi aytilyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!