“Real” va “Barsa”: Bunaqa payt raqiblikni unutish kerak!

  • 24 noyabr, 2023, 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Gavi Evropa chempionati saralash turnirida Ispaniya terma jamoasining Gruziga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida og‘ir jarohat oldi.

Tecno

Tibbiy tekshiruvlar futbolchi bir yilga yaqin maydonga tusha olmasligini ko‘rsatdi.

“Barselona”ning ashaddiy raqibi – “Real” futbolchilaridan Xoselu va Daniel Karvaxal yosh futbolchini  qo‘llab-quvvatladi.

- Biz ham raqib, ham hamkasbmiz. Eng avvalo, hammamiz ham odammiz. Sen yanada kuchli bo‘lib qaytasan. Omad, - deb yozdi Daniel Karvaxal Gaviga atagan postida.

- Bu g‘alaba mag‘lubiyatdan ham alamli bo‘ldi. Sen zo‘r yigitsan va bu omadsizlikni engib o‘tasan. Xafa bo‘lma. Senga dalda bo‘lamiz, - deb yozdi Xoselu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!