"Real" va "Barselona" rahbarlari Superliganing kelajagi haqida gaplashishdi

  • 5 mart, 2023, 10:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, klub prezidentlari Florentino Peres, Joan Laporta hamda jamoa direktorlari "Real" Madridning "Barsa"ga qarshi Ispaniya kubogi o‘yini oldidan tushlik qilishgan.

Mutaxassislar Evropa sudining UEFA bilan bo‘lgan bahsida ularning foydasiga qaror qilgan taqdirda, kelgusi oylarda amalga oshirishni rejalashtirgan strategiyasini belgilab olishdi.

Kataloniya klubi vakillari sud Superliga asoschilari tomonida bo‘lishiga, UEFA esa yon berishiga majbur bo‘lishiga ishonchlari komil.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!