“Real” va “Chelsi” o‘rtasidagi uchrashuv bekor qilinishi mumkin

  • 5 avgust, 2024, 21:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AS nashrining xabar, qilishicha “Real Madrid” va “Chelsi” klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini to‘fon sabab bekor qilinishi mumkin. 

Tecno

To‘fon Karib dengizidan ko‘chib o‘tdi va dushanba kuni ertalab Florida shimoli-g‘arbidagi Tallohassi shahriga etib borgan.

To‘fon quruqlikka etib borgach, kuchayib, bo‘ronga aylanishi kutilmoqda. Eng katta kuch bilan uradigan hududlarda katta miqdordagi yog‘ingarchilik va suv toshqini xavfi yuqori.

Uchrashuv 7 avgust kuni Shimoliy Karolinaning “Bank of America” stadioni bo‘lib o‘tishi kerak. 

Avvalroq, “qirollik klubi” va “Barselona”  ishtirokidagi o‘yin kuchli yomg‘ir tufayli kechiktirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!