"Real" va "Inter" qishda o‘zaro futbolchi almashtirmoqchi

  • 24 noyabr, 2020, 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" va "Inter" klublari yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin.

Sky Germany nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi” xavbeki Isko Ispaniyadan Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Uning o‘rniga Madridga “neradzurrilar”ning daniyalik yarim himoyachisi Kristian Eriksen keladi. Har ikkala futbolchi ham o‘zlarining ayni damdagi holatidan norozi va shu sababli boshqa klubga o‘tishga tayyor.

Eriksenning hozirgi transfer narxi 50 mln evro, Iskoniki 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!