"Real" Xabi Alonso uchun "Bayer"ga 12 million evro to‘laydi

  • 9 may, 18:28
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso joriy mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini rasman e’lon qildi. Uning keyingi manzili — Madridning "Real" klubi bo‘ladi.

Tecno

Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis bu haqda "Bayer" bosh direktori Fernando Karro va sport direktori Simon Rolfesni haftaning boshida xabardor qilgan.

Alonsoning ketishi uchun leverkuzenliklar 10 million funt (taxminan 12 million evro) kompensatsiya oladi. Bu summa "Real" tomonidan to‘lab beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Одижон Таджибаев
09/05/2025 22:07
Рауль бор эдику?