
“Real” Xoland uchun Gvardiola kutayotgan yulduzini beradigan bo‘ldi
Joriy mavsum yakunlanganidan keyin Ispaniya va Angliyaning amaldagi chempionlari – “Real” va “Manchester Siti” o‘zaro o‘yinchi almashtirishi mumkin.
“Shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola anchadan beri o‘z jamoasida “Real” vakili Rodrigoni ko‘rishni orzu qiladi. Madridliklar Pepning bu orzusini ro‘yobga chiqarishga tayyor.
El Gol Digital nashriga ko‘ra, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres agar manchesterliklar Erling Xolandni Madridga yuboradigan bo‘lsa, u Rodrigoni “shaharliklar” safiga jo‘natishga roziligini bildirdi.
Transfer bo‘yicha mutaxassislar bu rokirovkani amalga oshirish qiyin ekanini ta’kidlamoqda. Birinchidan, Xosep Gvardiola “Manchester Siti” hujum chizig‘ida Rodrigo aynan Erling Xoland bilan elkama-elka o‘ynashini istayapti.
Ikkinchidan bu o‘yinchilarning transfer narxidagi farq katta. Xoland hozir 200 million evroga baholanayotgan bo‘lsa, Rodrigoning narxi 110 million evroni tashkil qilyapti.
Fikrlar
VINIGA ALMASHSA BULADI