"Real" yana bir jahon rekordini o‘rnatdi

  • 23.01.2025 16:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Deloitte Sports" mutaxassislari 2023/2024-yilgi mavsumda futbol klublarining daromadlarini tahlil qilib, batafsil hisobot e’lon qilishdi. Unda Madridning "Real" klubi jahon rekordini o‘rnatib, yillik daromadi 1 milliard evrodan oshgan birinchi klubga aylangani haqida so‘z boradi. Umumiy hisobda madridliklar 1,046 milliard evro daromad qilgan.

Ikkinchi o‘rinda "Manchester Siti" (837,8 million evro), uchinchi o‘rinda esa PSJ (805,9 million evro) joylashgan. Kuchli beshlikni "Manchester Yunayted" (770,6 million evro) va "Bavariya" (765,4 million evro) yakunlab beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda "Real" beshta sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!