
“Real” yangi murabbiy topdi. U jamoani Anchelottidan qabul qilib oladi
“Real” navbatdagi chempionligiga yaqinlashmoqda. Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti jamoani juda yaxshi boshqaryapti.
Shunga qaramay, “Qirollik klubi” keyingi bosh murabbiy masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Klub xo‘jayini Florentino Peres jamoani kelasi mavsum yakunlanganidan keyin Xabi Alonsoga topshirmoqchi.
Ispaniyalik mutaxassis ko‘plab katta jamoalar nishonida turgan edi. Yaqinda Alonso kelasi mavsum ham “Bayer”da qolishini ma’lum qildi.
Aksariyat manbalarda Xabi Alonsoning o‘zi ham “Real”da ishlashni istayotgani va “Bayer”da qolishiga asosiy sabablardan biri sifatida Anchelotti kursini bo‘shatishini kutayotgani ekani aytilmoqda.
Fikrlar