“Real” yangi qoidani mensimagani qimmatga tushyapti

  • 18 avgust, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati La Liga translyatsiya huquqini sotib olganlarning kameralarini kiyim almashtirish va maxsus xonalarga kiritmayotgan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Tecno

Xususan, “Qirollik klubi” birinchi turda “Atletik” bilan bo‘lgan o‘yinda ham jarayonning to‘liq yoritilishiga yo‘l qo‘ymadi.

The Athletic nashrining ta’kidlashicha, “Real” translyatsiya bo‘yicha to‘liq hamkorlikka ko‘nmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Aslida “Barselona” va “Atletik” ham kiyim almashtirish xonasiga kamera kirgizmaslikka qaror qilgandi. Lekin moliyaviy imkoniyatlari cheklangan ushbu klublar La Liga talabini bajarishga majbur bo‘ldi.

Hisob kitoblarga qaraganda, “Real” rahbariyati o‘z pozitsiyasida qat’iy qoladigan bo‘lsa, 13 million evro miqdorida mablag‘ yo‘qotadi. Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham kiyim almashtirish xonasiga kameralar kiritilishiga qarshi chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!