
"Real" yaqin vaqt ichida Salibani sotib olmoqchi emas
Madridning "Real" klubi hozircha "Arsenal" himoyachisi Vilyam Salibani xarid qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" Salibaning "kanonirlar" uchun qanchalik muhim ekanini tushunib turibdi. Shu bois, "to‘pchilar" frantsuz himoyachisini 100 million evrogacha bo‘lgan narxdan kamroqqa qo‘yib yuborishni istamaydi.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi. Uning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali Salibani 80 million evroga baholamoqda.
Fikrlar