
"Real" Yovich o‘rniga 3 ta hujumchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Qishki transferlar davrida Luka Yovichni “Ayntraxt”ga ijaraga berib yuborgan "Real" uning o‘rniga munosib futbolchi qidirmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” bu borada quyidagi 3 ta futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda: Serxio Aguero ("Manchester Siti"), Olive Jiru ("Chelsi") va Arkadiush Milik ("Napoli"). Aytish lozimki, ushbu futbolchilarning amaldagi shartnomalari yarim mavsumdan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli ham “Real” ularni arzonroq summaga sotib olishi mumkin.
32 yoshli Aguero joriy mavsum 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. 34 yoshli Jiru 17 ta o‘yinda 9 ta gol urdi. 26 yoshli Milik esa bu mavsum birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.
Fikrlar