
“Real” yulduzini Angliyada kutishyapti
“Real” rahbariyatiga kerak bo‘lmay qolgan Marko Asensioga Angliya premer-ligasidan katta klublar og‘iz solmoqda.
26 yoshli futbolchining ketishini jamoa bosh murabbiy Karlo Anchelotti ham tasdiqladi. Bu vaziyatdan “Manchester Yunayted” va “Arsenal” foydalanib qolmoqchi. Bu klublar Asensio Madriddan ketishini aytsa, u bilan muzokara boshlashga tayyor turibdi.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi 2016 yildan beri “Qirollik klubi” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ungacha o‘zini tarbiyalagan “Malorka” va “Espanol” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Asensio klublar miqyosida 329 ta uchrashuvda qatnashib, 60 ta gol va 48 ta assist muallifi bo‘lgan. Uning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.
Fikrlar