
"Real" yulduzini APL grandi xarid qilmoqchi
"Football365" nashrining xabariga ko‘ra, "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini Angliya Premer Ligasida davom ettirishi mumkin.
"Liverpul" urugvaylik futbolchi uchun rekord summa to‘lashga tayyor. Mersisaydliklar Fedega 100 million evro sarflamoqchi. "Qizillar" shuningdek "Borussiya" futbolchisi Jud Bellingxemni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Valverde joriy mavsum La Ligada 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va bir golga assistentlik qilgan. Uning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar