
“Real”da bir umrga qolmoqchi edim, lekin hayotim mazmuni boshqa klub!
“Real”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior qalbi boshqa klubga tegishli ekanini tan oldi.
- Men butun faoliyatini “Real”da o‘tkazishim mumkin, lekin hayotim mazmuni “Flamengo”. Men otamda bu jamoaga qaytishga va’da berganman. Va, albatta, so‘zimning ustidan chiqaman, - dedi Vinisius.
Vinisius Junior “Flamengo” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ayni paytda madridliklarning asosiy hujumchisiga aylangan futbolchi agar klub PSJ to‘purari Kilian Mbappe transfer qilsa, “Real”dan ketishini aytgan.
“Manchester Yunayted” Vinisius Junior uchun madridliklarga 150 million evroga yaqin badal puli to‘lashga tayyorligini bildiryapti.
Biroq Vinisiusning “Real”dan to‘g‘ri “Flamengo” qaytishi to‘g‘risida bergan va’dasi katta transferga to‘sqinlik qilayotgani haqida ma’lumotlar chiqdi.
Fikrlar